"Eldor Afsonalari" ko'p foydalanuvchili mobil onlayn-o'yiniga hush kelibsiz!

O'yin qujidagi ilovalar jordamida boshqariladi:

1. Binolar
2. Inventar
3. Chat
4. Lokaciyalar
5. Qahramon
6. Sozlash
7. SMS
8. Xatlar
9. O'yinchilar

Endi ilovalarga batafsilroq to'xtaymiz.

1. Binolar. Ayni paytda o'yindagi binolar soni oltita: Do'kon, Shahar boshqarmasi yoki Sultonlik (irqqa qarab), Arena, Eskifurush, Ibodathona, Bestiariy va Auksion.

Bu binolar nima uchun kerak?

Do'kon - bu yerda o'zingizga qurol-aslaha (sovut, dubulg'a, tizza sovut, etik, yelkapo'sh, bilak sovut, qilich va qalqon) sotib olishingiz mumkin.

Shahar - boshqarmasi yoki Sultonlik (irqqa qarab) bu binoda kvestlarni olish mumkin (ishlanish jarayonida)

Arena - bu yerda janglar o'tkaziladi. Janglarni o'zingiz yaratishingiz yoki boshqa o'yinchilar tomonidan yaratilgan jang maydoniga kirishingiz mumkin.

Jeskifurush - bu yerda Do'konda sotib olingan buyumlarni sotishingiz yoki tuzatishingiz mumkin.

Ibodathona - bu yerda yutqazilgan jangdan so'ng qaytadan jonlanishingiz mumkin.

Bestiarij Arenaning muqobili, ammo bu yerda hayvonlar (moblar, botlar) bilan jang bo'ladi. Ular doim siz bilan jang qilishga tayyor.

Aukcion - bu yerda turli buyumlar, eliksirlar va boshqalar uchun kimoshdi savdosi o'tkaziladi (ishlanish jarayonida).

2. Inventar. Bu yerda qahramoningizga Do'konda sotib olingan buyumlarni kiydirishingiz mumkin.

3. Chat. Bu yerda o'yinchilar yig'ilib, janglarni muhokama qilishadi yoki shunchaki suhbat qurishadi. Chatda xabarni ikkinchi darajadan kam bo'lmagan o'yinchilar yoza olishlari mumkin.

4. Lokacijalar. O'yin lokaciyalari bo'ylab ko'chib yurish.

5. Qahramon. Bu yerda qahramonning xarakteristikasini, perklar, super-zarbalarini, shuningdek boshqa o'yinchilardan sovg'alarni ko'rish mumkin.

6. Sozlash. Tovush, vibraciya va parolni saqlash xizmatlari sozlanadi.

7. SMS. O'yinga tikiladigan pullarga SMS orqali buyurtma beriladi.

8. Xatlar. Boshqa o'yinchilardan olingan xatlar. Xatlarni jo'natish uchinchi bosqichdan amalga oshirilishi mumkin.

9. O'yinchilar. Ayni paytda siz kirgan lokaciyada onlaynda bo'lgan o'yinchilar ro'yhati.

Tez-tez beriladigan savollar.

Savol: men o'z do'stimga (yoki boshqa birovga) o'yinga kirish uchun o'z qahramonimning ma'lumotlarini berishim mumkinmi?
Javob: yo'q. Qahramonni faqatgina bir kishi o'ynashi mumkin. O'yinga kirish ma'lumotlarini oshkor qilganlik uchun qahramon blokirovka qilinishi mumkin (O'YIN BANI).

Savol: super-zarba (SZ) nima va uni qanday ochish mumkin?
Javob: SZ zarbalarning muayyan kombinaciyasida yuz beradi va ochiladi hamda uning kuchi oddiy zarbanikidan ancha kuchli (SZ darajasiga qarab). Masalan, jang ketmoqda va siz raqibingiz bilan navbatma-navbat zarbalar bermoqdasiz. Avval siz raqibni yqori qismiga urasiz (so'ng raqib sizni uradi - qayeriga ekanligining farqi yo'q), so'ng siz past qismiga urasiz (yana raqib uradi), va so'ngra siz markazga urasiz. Deylik, sizning zarbalaringizning izchilligi (yuqoriga, pastga, markazga) qahramonning ma'lum SZ ga to'g'ri keladi, shu tariqa siz bu SZ ni ochasiz va uni raqibga berasiz. Yangi SZ ochilganidan so'ng uni har doim Qahramon ilovasida ko'rish mumkin bo'ladi. Diqqat: SZ uchun zarbalarning izchilligini topish kerak, har bir o'yinchi (qahramon) uchun zarbalar kombinaciyasi turlicha, SZni ochish uchun kombinaciyadagi zarbalar soni ham oshadi, va uni ochish ham qiyinroq bo'ladi.

Savol: O'yin pullarini qanday ishlab olish mumkin?
Javob: O'yin pullarini jangda g'olib bo'lish orqali olish yoki matnli habar yordamida SMS ilova orqali buyurtma qilish mumkin.

Savol: Buyumlarni qandaj tuzatish/sotish mumkin?
Javob: Ularni qahramondan Inventar ilovasida yechish va Binolar ilovasida Eskifurush binosiga kirish kerak.

Savol: Zarbani qandaj qilib blokirovka qilish mumkin?
Javob: Buni iloji yo'q. Zarba o'yinchiga bog'liq bo'lmagan holda  tasodifiy tarzda blokirovka bo'ladi. Blokirovka bo'lish va zarbadan qochish ehtimoli hujum qilayotgan va himoyalanajotgan o'yinchilarning darajasiga bog'liq.

Savol: Qarama-qarshi irqdagi o'yinchilar bilan qandaj jang qilinadi?
Javob: Buning uchun Lokaciyalar ilovasida Qadimgi Arena lokaciyasiga o'tish va Binolar ilovasida Arenaga kirish lozim.

Savol: Nima uchun daraja oshganida moblardan to'kiladigan pullarning miqdori kamayadi?
Javob: Chunki daraja oshganida qahramon zarbasining kuchi ham ko'payadi va mobni o'ldirish osonlashadi.

Savol: Chatda do'stlar va dushmanlar nima uchun kerak?
Javob: Do'stlar chatda kim bilan muloqotda bo'layotganingizni ajratish uchun kerak. Agar o'yinchini dushmanlar qatoriga kiritsangiz, uning xatlarini ololmaysiz va chatda uning xabarlarini ko'rmaysiz.

Savol: Moderator kim?
Javob: Moderator chatda tartibni nazorat qiladigan odam. U sizga o'yin bilan bog'liq u yoki bu savolingizga Javob berishga doyim tayyor (ushbu kontekstda tasvirlangan savollar bundan mustasno).

Savol: Qanday qilib moderator bo'lish mumkin?
Javob: Moderatorlar ma'muriyat tomonidan tayinlanadi. Chatda yoshlar bilan tushuntirish ishini olib boruvchi o'yinchilar tanlanadi, ular ba'zi qo'pol o'yinchilarni tinchlantirishga harakat qilishadi.